2019 yil 30 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi 29 yoshli A.N. mast holda “Bog‘bonlar yurti” mahallasida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi 31 yoshli F.Sh.ning yuziga qo‘li bilan urgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda F.Sh. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan.
Natijada F.Sh. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 1 avgust kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.N. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.