Toshkentda muzqaymoq festivali sabab qator ko‘chalar yopiladi

Jamiyat 14:31 / 01.08.2019 9941

Toshkent shahrida muzqaymoq festivali sabab qator ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, poytaxtning Sayilgoh ko‘chasida MuzzDay xalqaro muzqaymoq festivali o‘tkazilishi munosabati bilan 1-4 avgust kunlari Zarafshon ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi kesishmasidan “Toshkent zarbxonasi” DUKgacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Bundan tashqari, xabarda bildirilishicha, Matbuotchilar va Buxoro ko‘chasining bir qismi ham barcha turdagi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi.

Hokimlik keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: