Qashqadaryoda ilk bor ko‘z kasalliklarini davolashda tomografiya apparati qo‘llanilishi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat 19:41 / 01.08.2019 5245

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi uchun viloyat hokimi Z.Ruziyev tashabbusi bilan 1 mlrd 100 mln so‘m moddiy texnik bazani rivojlantirish uchun ajratildi. Bu haqda KUN.UZ’ga  viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.


Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu mablag‘larga tomografiya, fako emulsifikator va lazer apparatlari sotib olish rejalashtirilgan. Bugun, 1 avgust kuni hindistonlik hamkorlar tomonidan tomografiya uskunasi kelib o‘rnatildi va bemorlarga birinchi asoslangan tomografik tashxis quyildi.


Davlat tibbiyot muassasalari ichida mazkur tomografiya apparati faqat Toshkent shahrida va Qashqadaryo viloyatida mavjud bo‘lib, bu o‘z o‘rnida bemorlarni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazadi va asosli tashxislaydi. Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu tibbiy uskuna ko‘z kasalliklari bo‘yicha nogironlik guruhlariga chiqishda asosli tashxis qo‘yadi, u ko‘z tubini to‘liq ko‘rsatib beradi.

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri

Ko‘proq yangiliklar: