Kumushni noqonuniy pullash nasib etmadi

Jamiyat 11:38 / 01.08.2019 4072

Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida fuqaro N.P. to‘xtatilib, uning yuklari ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy og‘irligi 624,4 grammni tashkil etuvchi, jami 130 dona kumush taqinchoqlarni yurtimizga noqonuniy olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: