«Qo‘yliq» bozoriga olib boradigan ko‘chani ta'mirlash taklif etilmoqda

Jamiyat 14:09 / 31.07.2019 5764

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Qo‘yliq bozoriga olib boradigan Farg‘ona yo‘li ko‘chasini ta'mirlash haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, “Mirobod dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Farg‘ona” shoxobchasidan (xalq orasida “Risoviy bozor”) Qo‘yliq bozoriga olib boradigan Farg‘ona yo‘li ko‘chasini yangitdan asfalt qilish kerak. 

“Bu shahar ichidan Qo‘yliq bozoriga, undan so‘ng Toshkent viloyatiga olib boradigan yagona yo‘l bo‘lib, oxirgi payt umuman yurib bo‘lmaydigan darajaga kelib qoldi. Yo‘lni o‘yib qo‘yishganiga ham bir yildan oshgan bo‘lsa-da, asfalt yotqizishdan haligacha darak yo‘q”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, Qo‘yliq bozoridagi ko‘prikdan o‘tib Toshkent viloyatiga kirishgacha bo‘lgan yo‘lni kengaytirish zarur. Bu yerda har kuni katta tirbandlik yuzaga kelib, fuqarolarga ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aytiladi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Mirobod dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Farg‘ona” shoxobchasidan Qo‘yliq bozoriga olib boradigan Farg‘ona yo‘li ko‘chasini ta'mirlash va Qo‘yliqdagi ko‘prikdan shahardan chiqish nazorat postigacha bo‘lgan yo‘lni kengaytirishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

Ko‘proq yangiliklar: