Biznes-ombudsman da'vo ariza bilan sudga chiqdi va tadbirkorga kompensatsiya undirib berildi

Jamiyat 19:13 / 31.07.2019 5170

Sherobod tuman hokimining 2017 yildagi qaroriga asosan «ASQAR AKRAM AKMAL» xususiy korxonasi faoliyat yuritayotgan bino buzilgani va kompensatsiya berilmagani bo‘yicha korxona vakillari Biznes-ombudsmanga murojaat etgan.

Bu masalada biznes-ombudsman tomonidan iqtisodiy sudga da'vo arizasi kiritilgan. Da'vo bo‘yicha xususiy korxonaga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni va oshxona binosining buzilgan qismi uchun 129 655 144 so‘m kompensatsiya to‘lanishi so‘ralgan.

Fuqarolik kodeksining 206-moddasiga binoan bunday holatlarda zarar oldindan va to‘liq qoplanmagunga qadar buzish taqiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 27-bandida esa yer uchastkasi olib qo‘yilishi yuridik shaxslar ko‘rgan zarar uchun kompensatsiya to‘lash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qonun normalari asos qilib ko‘rsatilgan.

Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi Biznes-ombudsmanning kiritgan da'vo arizasini to‘liq qanoatlantirgan va «ASQAR AKRAM AKMAL» xususiy korxonasi foydasiga Sherobod tuman hokimligi hisobidan 129 655 144 so‘m kompensatsiya undirilishi belgilangan.

Mazkur sud qarori kuchga kirguncha taraflar apellyatsiya yoki protest berilishi tushuntirilgan.  

Bu ish misolida biznes-ombudsman huquqlarining himoyasi borasida murojaat qilish uchun eshiklari ochiq ekanligini ta'kidlamoqda.

Xabar berilishicha, biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar foydasiga ko‘plab da'vo arizalari kiritilgan. Ushbu da'vo arizalar doirasida sudlar tomonidan jami 13,6 mlrd. so‘m miqdorida kompensatsiya pullarini undirish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: