Artel kompaniyasi Minsk shahridagi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida qatnashmoqda

Jamiyat 13:00 / 31.07.2019 9025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi doirasida 29 iyuldan 2 avgustgacha Minsk shahrida Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Ushbu ko‘rgazmaning asosiy ishtirokchilaridan biri – Artel kompaniyasidir.

Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasida yengil va og‘ir sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika sanoati, oziq-ovqat sanoati, avtomobil ishlab chiqarish kabi sohalarda erishilgan innovatsion yutuqlarni va investitsiya loyihalarini Belarus davlatiga namoyish etish, davlatlar orasidagi do‘stona munosabatlarni yanada yaxshilash va yangi hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish uchun uyushtirilgan. Ko‘rgazmada Uzbekneftegaz, Uzsanoatexport, UzAuto, Uzmetkombinat, Uzeltexsanoat kabi yirik korxonalar ishtirok etmoqda.

Artel kompaniyasi ushbu ko‘rgazmada televizorlar, konditsionerlar, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, oshxona plitalari, mini-pechlar, mikroto‘lqinli pechlar kabi mahsulotlarni, hamda ularning ehtiyot qismlarini namoyish etgan.

Artel mahsulotlari bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari bozorlarida katta talabga ega bo‘lganligi sababli, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar Artel stendini katta qiziqish bilan o‘rganishmoqda.

Alohida ta'kidlash joizki, Artel kompaniyasi bugungi kunda nafaqat MDH davlatlari, balki Yevropa davlatlari bozorlariga ham o‘z mahsulotlarini eksport qilish ustida faol ish olib bormoqda.

Artel kompaniyasining maqsadi iste'molchilarga yuqori sifatli, kundalik hayotga qo‘shimcha shinamlik baxsh etuvchi barakali  maishiy texnika yetkazib berishdir.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: