Sirdaryoda ayollar janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi - IIV

Jamiyat 13:10 / 30.07.2019 20870

2019 yil 29 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi 22 yoshli N.P. ismli ayol Mevazor mahallasida yashovchi 43 yoshli M.D. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal oqibatida uni tanasining turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.D. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.P. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: