Andijonda joylashgan yangi xorijiy universitet 2019-2020 o‘quv yiliga bakalavriatura bo‘yicha qabul boshlanganini ma’lum qiladi. Ajoyib imkoniyat! Bo‘lajak talabalarga 100 foizgacha grant taqdim etiladi.
Buning uchun sizdan IELTS testi natijalarini taqdim etish talab etiladi. Grant ajratish tartibi quyidagicha:
- IELTS 5.0-5.9 – 30 foizgacha grant
- IELTS 6.0-6.9 – 40 foizgacha grant
- IELTS 7.0-7.4 – 50 foizgacha grant
- IELTS 7.5 va undan yuqori – 100 foiz to‘liq grant
Sharda universiteti Hindistonda talabalarning chorak qismini dunyoning 80dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan yoshlar tashkil qiladigan Osiyodagi yagona universiteti sanaladi. Endilikda sizda mazkur oliygohning O‘zbekistonda ochilgan yangi filialida quyidagi yo‘nalishlar tahsil olish imkoni mavjud:
MUHANDISLIK
- Kompyuter fanlari va muhandislik
- Kompyuter fanlari Kiber xavfsizlik mutaxassisligi
- AI bo‘yicha kompyuter fanlari va mashinani o‘rganish
- Elektr muhandislik
- Elektr muhandislik Biomedikal mutaxassisligi bilan
- Elektr muhandislik elektr vositalari mutaxassisligi bilan
- Elektr muhandislik zamonaviy elektr tarmoqlari mutaxassisligi bilan
- Axborot texnologiyalari
- Elektronika va kommunikatsiya mutaxassisligi
- Yer osti tizimlarida elektronika va kommunikatsiya muhandisligi mutaxassisligi
- Signal jarayonida elektronika va kommunikatsiya muhandisligi mutaxassisligi
Barcha muhandislik dasturlari uchun yillik ta’lim to‘lovi 43 000 000 so‘m (5.000 AQSh dollari)ni tashkil qiladi.
BIZNeS
- Biznes boshqaruvi bakalavri
- Inson resurslarini boshqarish
- Tadbirkorlik
- Marketing
- Xalqaro biznes
Biznes dasturining yillik ta’lim to‘lovi – 34 400 000 so‘m (4.000 AQSh dollari).
Shuningdek, universitetda quyidagi dasturlar bo‘yicha ham tahsil olish mumkin:
- Xalqaro FAST-TRACK dasturlari (Muhandislik va Menejment) – mazkur dasturga yilllik ta’lim to‘lovi 43.000.000 so‘m (5.000 AQSh dollari)ni tashkil etadi.
- Ingliz tili tayyorlov kursi – yillik to‘lov qiymati – 17.200.000 so‘m (2.000 AQSh dollari)
Diqqat! Abituriyentlardan kerakli hujjatlar quyidagi ikki bosqichda qabul qilinadi:
- 18 avgustga qadar – imtihon kuni 19-20-21 sentabr
- 5 sentabrga qadar – imtihon kuni 6-7-8 sentabr
IELTS natijasini 2019 yil sentabrga qadar topshirishingiz mumkin.
Shoshiling! Dunyo bo‘ylab 47500dan ortiq talabalarga ega nufuzli oliy ta’lim muassasasi safidan joy oling!
Sharda Group haqida
Sharda Educational Trust 1995 yilda ishlab chiqarish sohasidagi bir qancha yetakchilar tomonidan «Global muammolarga javob beradigan professional ta’lim» berish maqsadi bilan kelajakdagi tendensiyalarni e’tirof etish uchun ta’lim tashabbusi sifatida tashkil qilindi. Sharda Group – Osiyodagi yetakchi ta’lim va sog‘liqni saqlash kompaniyasi hisoblanib, hozirgi vaqtda o‘zining 200 gektar yer maydonida 25000 ta talaba va 47500 ta bitiruvchiga ega. Undan tashqari, Sharda Group 20 ta institutdan iborat 4 ta kampusni boshqaradi.
Sharda Group’ning sanoat olamidagi hamkorlari – TCS, Larsen, Turbo, Ranbaxy Laboratories, Pepsi, Samsung, Infosys, Wipro va boshqalardir.
Sharda-O‘zbekiston Universiteti
Sharda-O‘zbekiston Universiteti Hindistondagi Sharda Universiteti oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida birgalikda ish olib boradi va ishlab chiqarishga oid talablarga hamda qonun hujjatlariga muvofiq ishlaydi.
Sharda-O‘zbekiston Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida har bir talabaga xalqaro standartlar asosida ta’lim berishni o‘z zimmasiga olgan holda tashkil etildi. Bu vohadagi birinchi mustaqil va xususiy universitetdir. Sharda-O‘zbekiston Universiteti talabalari Hindistondagi Sharda Universiteti talabalari deb ham hisoblanadi.
Yanada kengroq sohalar, kengroq imkoniyatlar
Kelgusi yillarda Sharda-O‘zbekiston Universiteti Osiyodagi yetakchi ilmiy va innovatsion tadqiqot markazlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Yaqin kelajakda muhandislik, menejment, tibbiyot, stomatalogiya, huquq, arxitektura, dizayn, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, kompyuter dasturi, fundamental fanlar, hamshiralik, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, farmatsevtika, fizioterapiya, ta’lim, tillar, animatsiya, qishloq xo‘jaligi, tasviriy san’at va hujayra hamda saraton biologiyasi yo‘nalishlari ham ochilishi ehtimoli mavjud.
Xorijdagi amaliyot dasturlari
Talabalar sanoat loyihalari va real hayotdagi misollar orqali fanlarni o‘rganishadi va Sharda Universiteti o‘z hamkorlari bilan almashinuv dasturlari bo‘yicha talabalarni 1 oydan 6 oygacha chet el mamlakatlarida o‘qish imkonini beradi. Texnologiya yo‘nalishidagi talabalar o‘quv dasturining bir qismi sifatida Hindistonda 6 oy mobaynida ishlash imkoniyatiga ham egalar. Barcha fanlar ingliz tilida olib boriladi, bu esa talabalar kelajakda dunyo bo‘ylab karera qilishlariga imkon yaratadi.
Yorqin kelajak sari
Sharda-O‘zbekiston Universiteti Fortune 500 kompaniyalari bilan ishlashni orzu qilganlar uchun eng yaxshi maskandir. Microsoft, Amazon, IBM kabi yetakchi kompaniyalar Sharda Universiteti kampusiga yangi kadrlarni ishga qabul qilish maqsadida tashrif buyurishadi. Sharda Universiteti mamlakatlarning o‘sish mexanizmini boshqaradigan ishchi kuchini ta’minlashi uchun tan olinadi.
Manzil: Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 73
Murojaat uchun telefon: +99890 5243700, +99890 5243800, +99890 9304301
Sharda-O‘zbekiston Universitetining Toshkent shahridagi vakolatxonasi InStudy.uz bilan bog‘lanish uchun telefon: +99895 1948855
Sayt: www.shardauniversity.uz
E-mail: admission@shardauniversity.uz
Reklama huquqi asosida