Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi o‘zaro janjal oqibatida halok bo‘ldi

Jamiyat 09:25 / 30.07.2019 31779

O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 26 iyul kuni Inchon shahrida (Koreya Respublikasi) o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.L. og‘ir jarohatlandi va vafot etdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, politsiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi va tergov tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan, deyiladi ma'lumotda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Ko‘proq yangiliklar: