O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 28 iyul kuni Samatya Hastenesi tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi X.M. vafot etdi. Bu ayol baxsiz hodisadan keyin kasalxonaga yotqizilgan edi.
TIV xabariga ko‘ra, shu kunning o‘zida ushbu kasalxonada Istanbul shahri tumanlaridan biridagi voqea natijasida pichoq yaralari bilan kasalxonaga yotqizilgan boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi N.Z. halok bo‘lgani ma'lum qilindi.
Ushbu voqealar asosida Turkiya huquqni himoya qilish organlari tomonidan tergov ishlari boshlangan.
Bosh konsulxona ushbu holatlarni nazoratga olgan va halok bo‘lganlarning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va Turkiya, Bolgariya, Ruminiyada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan +90-212-323-20-37, +90-212-229-00-75 telefon raqamlari orqali bog‘lanish mumkinligini eslatgan.