Yer sayyorasida tabiiy resurslar cheklanmagan miqdorda emas. Ularni tejab ishlatish esa kelgusi avlod turmush sharoitini yaxshilashda ham katta o‘rin tutadi. Qolaversa, tejamkorlik moddiy tomondan ham foydali bo‘lib, ortiqcha xarajatlarning oldini olishda turtki bo‘ladi. Misol tariqasida tabiiy gazni olaylik. Kuz-qish mavsumi yaqinlashgani sari bu borada ayrim muammolar kelib chiqadi: gaz miqdorining kamayib ketishi, elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoj, uskunalarning yaxshi isitmasligi va hokazo.
“Orion Novation” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan prioritet yo‘nalishlardan energiya tejovchi uskunalar yuqoridagi muammolarning oldini olishda sizga yordam beradi. Ushbu turdagi uskunalarga quyidagilar kiradi:
1. Issiqlik generatorlari (har xil turdagi isitish qozonlari);
2. Issiqlikni akkumulyatsiya qilish uskunalari (nakopiteli);
3. Gazning to‘liq yonishini ta'minlovchi uskunalar (gazogorelochnyye ustroystvy);
4. Qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi quyosh batareyalari.
KOVG-15 va KOVG-20 isitish qozonlari
“Orion Novation” qozonlari mis teploobmenniklar bilan jihozlangan bo‘lib, juda yuqori foydali ish koeffitsiyentiga ega va shu bilan birga sirkulyatsiya nasoslarisiz ishlay oladi. Chet el namunalarida bu turkumdagi isitish qozonlari nasoslarsiz ishlay olmaydi va shu bilan birga birinchi bo‘lib elektr tokisiz ishlay oladigan qozonlar yaratishga muvaffaq bo‘lindi.
Bu qozonlar zamonaviy isitish plastik tizimiga ham, eski metall quvurli (pauk) tizimiga ham mo‘ljallangan. Masalan, devorga o‘rnatiladigan “nastennyy” qozonlarga (narxi taxminan 3,5 mln. atrofida) faqat bosim ostida ishlaydigan yangi plastik tizim o‘rnatish kerak. Bundan tashqari, qo‘shimcha stabilizator, filtr, reduktor, rasshiritelnyy bak sotib olish va yana montaj puliga qo‘shimcha xarajatlar ketadi (taxminan 6,0 mln so‘m). Bunday xarajatlarga imkoniyati yetmagan oilalar o‘z uylariga KOVG-20 (narxi taxminan 2,5-3,0 mln. atrofida) o‘rnatishsa bo‘ladi. Ya'ni, bor yo‘g‘i eski qozon olib tashlanadi, o‘rniga yangisi o‘rnatiladi. Bu uskunaning ahamiyatli tomoni u suyultirilgan gazda (propan) ham ishlay oladi.
Toshkent shahri kesimida holatni tahlil etadigan bo‘lsak, poytaxtda taxminan 170 ming oila xususiy hovlilarda yashaydi. Xonadonlarning hozirgi kunda ishlab turgan isitish tizimining texnik holatiga biz taklif qilayotgan energiya tejamkor qozonlar to‘g‘ri keladi va narxi ham iste'molchilar xarid kilish imkoniyatiga mos. Bu ishlar keng ko‘lamda olib borilsa, xususiy uylarning isitish tizimiga sarflanayotgan taxminan 30-50 foiz tabiiy gaz tejaladi. Bu yerda eng ahamiyatlisi tizimli ishlaydigan servis xizmati tashkil qilinganidadir.
Noxush holatlarga, fojialarga ko‘p sabab bo‘layotgan is gazi (SO) tabiiy gazni chala yonishi natijasida kelib chiqadi. Agar qozon tashqarida emas yerto‘lada joylashgan va iste'molchi bilmagan holda dudburon tizimida muammo bor bo‘lsa, biz yopiq yonish kamerali qozonlarni taklif qilamiz. Bu turkumdagi qozonlarda har qanday holatda ham is gazi bino va inshoot ichiga tarqab ketmaydi.
KOVG- 50 va KOVG-60 isitish qozonlari
Biz keyingi yillar davomida isitish qozonlarining effektivligini yanada oshirib, 50 kVt - 100 kVt quvvatga ega bo‘lgan, chet elda muqobili bo‘lmagan (dunyo tajribasida quvvati 50 kVt dan yuqori bo‘lgan qozonlarda teploobmennik, asosan, cho‘yandan yoki po‘latdan tayyorlanadi) issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan mis teploobmenniklarini joriy qila oldik.
Bu holatda innovatsion yangilik shundan iborat: odatda katta quvvatda ishlaydigan qozonlarda teploobmennik misdan ishlansa, korpusdagi haroratni nazorat qilib bo‘lmaydi, ya'ni korpus me'yoridan yuqori darajada qizib ketadi. Biz korpusdagi issiqlik energiyasini o‘zimiz ixtiro qilgan maxsus ekranlar yordamida qabul qildik va bu quvvatni isitish tizimidagi suvga yo‘naltira oldik.
Natijada yuqori foydali ish koeffitsiyentiga (FIK) erishdik. Bu qozonlar amalda, ya'ni inshootlarda (Chirchiq shahri, 10-mikrotuman, 94-ko‘p qavatli uyda) sinovdan o‘tkazilib yaxshi natijalarga erishilgan. Bu qozonlar yuqorida qayd qilinganidek, yuqori samarali, elektr tokisiz ishlaydi (biroq bu qozonlar katta maydonli binolarga qo‘yilganda isitish tizimiga nasos o‘rnatish zarur). Bu turkumdagi qozonlar suv-quvurli (vodatrubnyy) bo‘lgani uchun hajmi ham, vazn og‘irligi ham kichik bo‘ladi. Shu faktorni inobatga olsak, ko‘p qavatli uylarning yo‘lagini (pod'yezd) isitishda qo‘l keladi, sababi qozonlar har bir pod'yezd tepasiga, ya'ni tomga qo‘yilganligi sababli binoning seysmik barqarorligiga ta'sir o‘tkazmaydi va bu tizimga issiq suv ta'minoti uchun ikki konturli nakopitel o‘rnatilsa quyosh batareyasini ulash mumkin bo‘ladi.
Mahalliy (lokalnyy) qozonxonalarda yoki xonaki (pokvartirnyy) isitish tizimida quyosh energiyasidan foydalanish juda serxarajat, ba'zi hollarda ilojsizdir. Mahalliy qozonxonalarning qiymati baland, qozonxonada ishlaydigan operatorlar va ustalar maoshi, ehtiyot qismlar – bular issiq suv tannarxini ko‘tarib yuboradi. Biz taklif qilayotgan holatda, qozonlarga misdan teploobmennik qo‘yilganligi sababli tejamkorlik yuqori. Italiyada ishlab chiqarilgan ishonchli gaz klapanlar avtomat tarzda qozonlarni boshqaradi, texnik xizmat ko‘rsatish markazi texnik holatni onlayn tizim yordamida nazorat qiladi. Bularning barchasini inobatga olsak, issiq suv tannarxi iste'molchi uchun ancha arzonga tushadi.
Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni isitish uchun lokal qozonxonalar yoki xonaki qozonlardan foydalanilsa, har bir xonadon uchun o‘rtacha 8,0-10,0 mln. so‘m mablag‘ sarflanadi. “Orion Novation” taklif etayotgan holatda har bir xonadon uchun xonalar soniga qarab 2-4 mln so‘m mablag‘ sarflanadi. Ushbu xarajatlar ichiga ko‘p qavatli uyning ichki isitish tizimi (stoyak), yerto‘la tizimi (lejak), zamonaviy isitish alyuminiy radiatorlar, nasoslar va isitish qozoni kiradi. Ahamiyatlisi gaz sarfi har bir xonadon uchun o‘rtacha 0,3 m³ tashkil qiladi, bu esa gaz plitasining bitta komforkasi xarajatiga teng.
Gazni to‘liq va xavfsiz yonishini ta'minlovchi uskunalar
Toshkent shahridagi 170 mingta xususiy uylardagi issiq suv ta'minotini tahlil qilsak, deyarli har bir hovlida bittadan, ba'zi hovlilarda ikkitadan suv isitish baklari mavjud. Bu baklarning aksariyatida sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan, xavfsizlik gaz klapan avtomatlari ishlamaydigan yoki avtomatika umuman bo‘lmagan eski gorelkalar ishlab kelmoqda.
Bu baklardagi gorelkalar yil davomida to‘xtovsiz ishlaydi. Bundan tashqari, gazni chala yonishi hisobiga (gorelkalar qora metalldan ishlangan bo‘lib, gaz o‘tkazuvchi jiklyor va teshiklar doim zanglab qoladi) juda samarasiz ishlaydi.
Biz taklif qilayotgan gorelkalarning barcha qismlari to‘liq zanglamaydigan metalldan yasalgan. Qolaversa, gaz klapanlar ishonchli va aniq ishlaydi. Ularning vazifasi, avvalo, xavfsizlikni ta'minlash va o‘rnatilgan issiqlik darajasini nazorat qilish, ya'ni bakdagi suv kerakli issiqlik darajaga yetganda klapan gazni o‘chiradi.
Issiq suv ishlatilsa, gaz yonadi, ishlatilmasa gaz yonmaydi. Natija – gaz tejamkorligi 50 foizdan kam emas! Gaz yoqish uskunalarni har bir xususiy uylarga arzon narxlarda (850-950 ming so‘m atrofida) qo‘yilishi ta'minlansa, faqatgina Toshkent shahrining o‘zida bir necha yuz million kub metr gaz tejab qolish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga, baklarga “Orion Novation”da ishlab chiqariladigan arzon quyosh panellarini (narxi 1.5-2 mln) korxona ko‘rsatmasi asosida ulansa, yilning 9 oy davomida deyarli gaz yoqmasdan issiq suvdan foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4388-raqamli qaroriga asosan bu keng ko‘lamli ishlarni “O‘ztransgaz” AJ tasarrufida bo‘lgan Tuman gaz filiallari tizimida amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilyapti.
“Biz o‘zimiz tarafdan “Toshkent shahar gaz” kompaniyasi bilan yuqorida ko‘rsatilgan uskunalarni davlat xususiy sherikchilik asosida birgalikda ishlab chiqarishni va gaz klapan hamda uskunalariga mukammal xizmat ko‘rsatishlari uchun tuman gaz xodimlariga o‘quv kurslar tashkil qilib, o‘quv-metodik seminarlar o‘tkazib berish bo‘yichaga takliflar kiritdik.
Biznes strategiyasini rejalashtirganimizda biz asosiy beshta maqsadni o‘zimizga belgilab oldik:
- Yuqori samaradorlikka erishish (chet el mahsulotlaridan ko‘rsatkich kam emas);
- Narx siyosati (tannarxni tushirish hisobiga chet el mahsulotlaridan 40-50 foiz arzon);
- Mahalliylashtirish darajasi yuqori (80-90 foiz);
- Xavfsizlik (Sanoatkontexnazorat me'yoriy texnik talablariga javob beradi);
- Tashqi ko‘rinish, dizayn (mahsulot ko‘rinishi chet el andozalariga mos keladi).
Agar sizda “Orion Novation” tomonidan ishlab chiqarilgan tejamkor, yuqori samadorlikka ega va nisbatan arzon narxlardagi isitish qozonlari (kotellar) hamda suv isitish baklari uchun mo‘ljallangan gaz gorelkalari qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, quyidagi telefonga murojaat qiling:
Telefon: +99899 872 64 25
E-mail: orion_novation@mail.ru
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, K.Yormatov ko‘chasi, 2-uy.
Reklama huquqi asosida