O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 24-29 iyul kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida MDHga a'zo mamlakatlar do‘stona armiyalarining oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib qaytdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, xalqaro harbiy musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus Respublikalaridan jami 170 nafar kursant ishtirok etdi. Kursantlar o‘rtasida birinchi marta o‘tkazilgan xalqaro sport o‘yinlari Ikkinchi jahon urushining 75 yilligiga bag‘ishlandi.
Ishtirokchilar futbol, harbiylashgan kross, sport oriyentirlashi, qo‘l jangi va pnevmatik miltiqdan aniq nishonga otish bo‘yicha bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, rossiyalik kursantlar 1-o‘ringa, qozog‘istonlik ishtirokchilar 2-o‘ringa va O‘zbekistonlik harbiylar 3-o‘ringa sazovor bo‘ldilar.
Yakkalik bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
Futbol – 1-o‘rin – Rossiya, 2-o‘rin – Qozog‘iston, 3-o‘rin – O‘zbekiston;
Harbiylashgan kross – 1-o‘rin – Qozog‘iston, 2-o‘rin – O‘zbekiston, 3-o‘rin – Qirg‘iziston;
Qo‘l jangi – 1-o‘rin – Rossiya, 2-o‘rin – O‘zbekiston, 3-o‘rin – Qozog‘iston;
Pnevmatik miltiqdan aniq nishonga otish – 1-o‘rin – Qozog‘iston, 2-o‘rin – Rossiya, 3-o‘rin – Belarus (O‘zbekiston 4-o‘rinda);
Sport oriyentirlashi – 1-o‘rin – Rossiya, 2-o‘rin – Qozog‘iston, 3-o‘rin – Belarus (O‘zbekiston 4-o‘rinda).