Video: Garet Beyl Xitoyga bordi

Sport 10:38 / 28.07.2019 21607

«Real»ning uelslik vingeri Garet Beyl Xitoyda bo‘lib turibdi.

30 yoshli futbolchi Xitoyning «Tszyansu Sunin» klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan. Xitoyda Beyl yiliga 22 mln yevro miqdorida maosh oladi.

Garet 2013 yildan buyon «Real» safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda madridliklar jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 42 uchrashuvida maydonga tushib, 14 gol urgan va 7 golga uzatma berga.

«Tszyansu Sunin» Xitoy Superligasida oltinchi o‘rinda bormoqda. 19 turdan keyin Kosmin Oleroyu jamoasi 26 ochko jamg‘argan (7 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat).

Bundan avvalroq «Tszyansu Sunin» braziliyalik himoyachi Joao Mirandani o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: