2019 yil 26 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tuman IIBga hujjatlar to‘plami tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ularga ko‘ra, shu yil 22 iyul kuni soat 20:00larda Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 41 yoshli J.U. Navobod mahallasida joylashgan “Oq-qum” dam olish maskanida o‘zaro janjal tufayli Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani Bobur ko‘chasida yashovchi 32 yoshli X.X.ning boshiga ketmon sopi bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada X.X. 24 iyul kuni kasalxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.U. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.