22 ming donadan ortiq dori vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi

Jamiyat 16:28 / 27.07.2019 3236

Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan ikki nafar fuqaro I.B. va Yu.D.ning yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxslarning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 60,3 million so‘mlik 20 000 dona “Montalin” va 2000 dona “Samyum WAN” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.

Shuningdek, yana bir holatda xorijdan uchib kelgan fuqaro N.V.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda tekshirildi. Natijada, uning yuklari orasidan mamlakatimiz hududida muomalasi cheklangan 173 dona “Codeine Phospate” nomli psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: