Zangiotada «Toshkent-Chinoz» yo‘nalishidagi avtobus MAN yuk avtomashinasi tirkamasiga urildi

Jamiyat 14:29 / 25.07.2019 7783

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2019 yil 23 iyul kuni soat 13:00larda Sirdaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli B.X. boshqaruvidagi “Toshkent-Chinoz” yo‘nalishida qatnovchi “Isuzu” rusumli avtobusini tuman hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida haydab ketayotib, qo‘shimcha yo‘ldan harakatlanib kelib asosiy yo‘lga chiqqan 56 yoshli O.B. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtobus yo‘lovchisi, Zangiota tumanida yashovchi 67 yoshli M.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va avtobusda bo‘lgan qolgan 9 nafar yo‘lovchilar hech qanday jarohat olmaganlar. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: