TIV Janubiy Koreyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talabalar haqida rasmiy ma'lumot berdi 

Jamiyat 07:46 / 25.07.2019 65976

O‘zbekistonning Seul shahridagi (Koreya Respublikasi) elchixonasi konsullik bo‘limi chet ellik talabalar, jumladan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolarining velosipedlar o‘g‘irlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.

Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

 

Ko‘proq yangiliklar: