O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2018 yil 22 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida “Tadbirkorlikka ko‘maklashish xizmati” ishchi guruhi tashkil etilgan edi.
O‘tgan bir yarim oy davr mobaynida “Tadbirkorlikka ko‘maklashish xizmati” ishchi guruhi tomonidan jami 579 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning 568 tasi tezkor ravishda ijobiy hal etilgan, qolgan 11 ta holat bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.
Jumladan, “Yer ajratish” masalalari bo‘yicha 26 ta murojaat, respublika hududiga import qilinayotgan mahsulotlarning ozonga xavf solmasligi bo‘yicha 376 ta murojaat hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish masalalari bo‘yicha 171 ta murojaat ijobiy hal etilishiga erishilgan.
Ayni paytda, tadbirkorlik sub'yektlari bilan elektron tarzda munosabatlarni amalga oshirish maqsadida “Ye-yekologiya.uz” avtomatlashtirilgan elektron portalini joriy yilning 1 avgustidan ishga tushirish rejalashtirilgan.