Og‘uning savdosi «pishmadi»

Jamiyat 13:31 / 19.07.2019 4490

Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi keskin kurashda davom etmoqda.

Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining o‘zaro hamkorligida og‘ufurushlar faoliyatiga yakun yasaldi.

Unda tezkor guruh vakillari tomonidan Buxoro shahrida yashovchi fuqaro S.A. shartli xaridorga 1,4 million so‘m evaziga 4 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini pullayotgan chog‘ida qo‘lga olindi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: