Sankt-Peterburg yaqinida mazut ortilgan tanker cho‘ka boshladi

Jahon 16:52 / 09.02.2025 9001

Leningrad viloyatidagi Ust-Luga portida 130 ming tonna mazut yuklangan Koala nomli tanker cho‘ka boshladi. Bu haqda Baza xabar berdi.

«9 fevralga o‘tar kechasi Koala tankeri (Antigua va Barbuda bayrog‘i ostida suzadi) Ust-Lugadagi dengiz portida edi. Tanker bortida 24 kishidan iborat ekipaj bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Manbalarga ko‘ra, hodisaga kemadagi portlash sabab bo‘lgan. 9 fevralga o‘tar kechasi kemaga mazut ortilgan va u jo‘nab ketishga tayyorlanayotgan edi. Taxminlarga ko‘ra, portlash shundan keyin sodir bo‘lgan. Ekipaj tez orada qirg‘oqqa chiqib olgan, ammo tankerga suv kirib, cho‘ka boshlagan.

Ma’lumki, tanker ekipaji 24 kishidan iborat bo‘lib, ular Rossiya,Gurjiston va Indoneziya fuqarolari.

Port Sankt-Peterburg shahridan 165 km uzoqlikda joylashgan. Hozircha tankerdan mazut oqib chiqqani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: