Chortoqdagi xonadonda gaz portladi, ikki yosh bola kasalxonaga yotqizildi

Jamiyat 17:11 / 19.07.2019 5884

2019 yilning 18 iyul kuni Namangan viloyati Chortoq tumani “Bog‘iston” MFY O‘zbekiston ko‘chasi 5-uyda gaz va havo aralashmasining chaqnashidan yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilmoqda.

Yong‘inga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan va yong‘indan uyning 120 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida uyning 60 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda uydagi maishiy gaz ballonidan foydalanish qoidalarining buzilishidan gaz va havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan va natijada uy egasining 2005 va 2008 y.t. farzandlari kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilganligi ma'lum bo‘lgan. Bolalarning ahvoli qoniqarli.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: