O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 15 iyul kuni Faro provinsiyasida (Portugaliya) yurak xuruji natijasida O‘zbekiston fuqarosi S.A. vafot etdi.
Hozirda elchixonaning Konsullik bo‘limi Portugaliyadagi o‘zbek diasporasi bilan birgalikda marhum vatandoshning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va boshqa masalalarni hal qilmoqda, deyiladi TIV xabarida.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi mamlakat elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +34-91-310-16-39.