Narkobaron Gusman Loeraga umrbod qamoq jazosi berildi

Foto: AP
AQSh sudi meksikalik narkobaron, “Pakana” laqabli Gusman Loerani umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.
Meksikaning eng qidiriluvchi narkobaronlaridan biri bo‘lgan Loera AQShga 2017 yil yanvarda, sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatining oxirgi ishchi kuni topshirilgan. Unga bir necha shtat ayblov qo‘ygan. Bu ayblovlar AQShga kokain yetkazish, qurolga noqonuniy egalik qilish va qotilliklarni tashkillashtirish jinoyatlari bilan bog‘liq.
Dunyodagi eng yirik narkokartellardan biri – “Sinaloa”ga o‘nlab yillar boshchilik qilgan sudlanuvchining o‘zi aybini tan olishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid

17:00 / 28.02.2025
Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi

16:48 / 30.06.2023
Turkiyada Interpol qidiruvidagi uyushgan jinoiy guruh ushlandi

18:23 / 02.04.2021
Dubayda Yevropaga tonnalab giyohvandlik moddasi olib kirgan narkobaron qo‘lga olindi

21:06 / 06.07.2019