AQShda meksikalik narkobarondan davlatga 12,6 mlrd dollar to‘lashni talab qilindi

Foto: Reuters
Federal ayblov meksikalik narkobaron El Chapo (Pakana) laqabi bilan tanilgan Xoakin Gusmandan davlat g‘aznasiga 12,6 mlrd dollar to‘lashni talab qilishdi, deb xabar berdi CNN telekanali.
Ayblovlarchilarning bildirishicha, ushbu summa Gusman giyohvand moddalar sotish orqali qo‘lga kiritgan mulklar qiymatidan kelib chiqib qo‘yilgan.
Narkobaron himoyachilari unda buncha pul yo‘qligini ta'kidlashmoqda.
Xoakin Gusman uzoq vaqt davomida "Sinaloa" narkokartelini boshqargan. Fevralda u jinoiy guruh tuzish, giyohvand moddalar sotishda aybdor deb topilgan. U hozirda Manxetten federal qamoqxonasida saqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:00 / 28.02.2025
Meksika narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQShga ekstraditsiya qildi

16:48 / 30.06.2023
Turkiyada Interpol qidiruvidagi uyushgan jinoiy guruh ushlandi

14:54 / 07.06.2022
Boshi uchun eng katta pul tikilganlar

18:23 / 02.04.2021