De Ligt – Turinda (foto, video)

Sport 09:50 / 17.07.2019 10803

2018 yilda Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Matteys de Ligt kecha, 17 iyul oqshomida «Yuventus» bilan shartnoma imzolash uchun Turinga keldi.

«Yuventus» rasmiy tvitterida futbolchi samoletdan tushgan lahzalar aks etgan foto va video taqdim qilindi.

19 yoshli himoyachi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U «Yuve» bilan 5 yillik bitimga qo‘l qo‘yishi, shu asosda yiliga 2 mln yevro maosh olishi kutilmoqda. Bu shartnomada 150 mln yevrolik tovon puli belgilanadi.

De Ligtning «Ayaks»dan transferi Italiya chempioniga kamida 75 mln yevroga tushgan. Bu miqdor bonuslar hisobiga yana ham ortishi mumkin.

Avvalroq Matteys «Yuventus»da ham «Ayaks»dagi kabi 4-raqamda o‘ynashi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: