2019 yil 15 iyul kuni soat 21:52da, Sergeli tumani, Yo‘ldosh 7-dahasida joylashgan “Al-Farg‘oniy” nomli mahalla fuqarolar yig‘ini binosining ichki qismi va jihozlari 50 kv.m. maydonida yongan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan binoning 250 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/N5lAVEIjMJOZxvFzAnHfh7HMzZAF1I71.jpg)
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 21:54da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 22:04da qurshab olinib, soat 22:20da bartaraf etilgan.
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.