«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qarshi va Shahrisabzga ikkita poyezd reysini bekor qildi

Jamiyat 07:59 / 16.07.2019 14730

Joriy yilning 23 iyul kuni «Samarqand - Qarshi» uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkaziladi. 

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan «Toshkent - Qarshi» yo‘nalishida harakatlanadigan 758/757-sonli «Afrosiyob» elektropoyezdi shu kuni o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi.

Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli «Toshkent - Shahrisabz» yo‘nalishidagi tezyurar poyezd qatnovi bekor qilinadi. Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.

Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: