Mumbayda to‘rt qavatli uy qulashi oqibatida 40dan ortiq kishi vayronalar ostida qoldi

Foto: Reuters
Mumbayda to‘rt qavatli uy qulab tushdi, deb xabar berdi NDTV telekanali.
Xabarlarga qaraganda, kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, 40dan ortiq kishi vayronalar ostida qolib ketgan.
Voqea Mumbay janubidagi Dongri rayonida sodir bo‘lgan.
Uy qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum emas. Hozirgacha besh kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bino bundan 90-100 yil muqaddam qurilgan.
Mavzuga oid

14:39 / 17.01.2025
O‘zbekiston shaharlaridan biri va Mumbay o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatiladi

15:22 / 14.05.2024
Mumbayda shamol tufayli ulkan bilbord quladi. 14 kishi halok bo‘lgan

14:06 / 08.04.2024
Toshkent-Mumbay yo‘nalishida havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi

08:48 / 29.02.2024