Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mumbayda shamol tufayli ulkan bilbord quladi. 14 kishi halok bo‘lgan
Hindistonning Mumbay shahrida ulkan reklama lavhasi qulashi oqibatida kamida o‘n to‘rt kishi vafot etib, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Mahalliy rasmiylar ulkan bilbord noqonuniy o‘rnatilganini ma’lum qilgan.

13 may kuni Mumbayning Gatkopar tumanida 70 ga 50 metr hajmidagi bilbord turar joy binosi va yonilg‘i quyish stansiyasi ustiga qulab tushgan, bu vaqtda shaharga kuchli yomg‘ir va qum bo‘roni yopirilgandi.
BBC News xabariga ko‘ra, kuchli shamol daraxtlarni ildizidan qo‘porib tashlab, yo‘llarda tartibsizlik yuzaga keltirgan, elektr ta’minotida uzilishlar kelib chiqqan.
Voqea joyida olingan kadrlarda reklama konstruksiyasi shamol ta’sirida silkingani, keyin esa qurilish, odamlar va stansiyada turgan mashinalar ustiga qulagani aks etgan.
Rasmiylar xabariga ko‘ra, qutqaruv amaliyotiga politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha jamoalar jalb etilgan.
Mahalliy rasmiylar bilbord hajmi ruxsat berilganidan bir necha bor katta ekani va reklama agentligi uni noqonuniy o‘rnatganini ma’lum qilgan. Kompaniya shahardagi shu kabi barcha reklama taxtalarini olib tashlash va konstruksiyalarni demontaj qilish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.
Times of India nashri aniqlik kiritishicha, kompaniya tegishli organlar ruxsatini olmasdan jami sakkizta reklama lavhasi o‘rnatgan. Qulab tushgan konstruksiya vazni 250 tonnani tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

19:02 / 09.07.2025