Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-ombudsman apparatining shtati kengaytiriladi

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.
Moliya vazirligi biznes-ombudsman apparatiga:
• 2019 yilda xizmat avtomobillari, idora mebeli, kompyuter texnikasi, tashkiliy texnika, boshqa tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarni joriy saqlash va sotib olish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 1,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratadi. 2020 yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida apparatini joriy saqlashga mablag‘lar nazarda tutadi;
• navbatchi transport sifatida foydalanish uchun 2 ta yengil xizmat avtomobilini saqlash uchun qo‘shimcha limit ajratadi;
• texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qo‘shimcha shtat birliklarini ajratadi.
Apparatning buxgalteri va moddiy buxgalteri (kassir) mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Prezident Administratsiyasi bosh buxgalteri va uning o‘rinbosariga, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari PA Transport bo‘limining xizmatchilari va haydovchilariga tenglashtirildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi biznes-ombudsmanga ilgari berilgan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi takomillashtirilishi va uning uzluksiz ishlashi qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlaydi.
Hujjat 15.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:18 / 25.07.2024
Tadbirkorning murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortiladi

18:11 / 18.03.2024
Qashqadaryoda bir qancha tadbirkorlar faoliyati noqonuniy tekshirilgan - Biznes-ombudsman

20:16 / 21.08.2023
«Tadbirkorlar huquqlarini buzgan 62 nafar mansabdorga jazo tayinlandi» – biznes-ombudsman

11:40 / 24.01.2023