Toshkentda «Maxsustrans»ga tegishli mashina yonib ketgani inkor etildi

Jamiyat 10:47 / 15.07.2019 5436

12 iyul kuni soat 16:20da Toshkent shahar YoXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani “Jo‘rabek” mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 13-uy oldida harakatlanib ketayotgan, “DAEWOO” rusumli “MAXSUS TRANS” avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgani ma'lum qilingandi.

“Maxsustrans” IChB DUK matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan avtomobil korxonaga tegishli emas. Yonib ketgan avtomobil qaysi korxonaga tegishli ekanligi haqida “Maxsustrans”da ma'lumot yo‘qligi aytilgan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan 1 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmasi soat 16:22 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:26 da bartaraf etilgan. 

Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: