Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan politsiya mashinasi YTHga uchradi. Ikki politsiyachi va bir O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Jamiyat 15:33 / 14.07.2019 16423

13 iyul kuni Olmaota-Yekaterinburg avtomobil trassasining 178-kilometrida ichida ikki nafar politsiya xodimi va 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga tayanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, YTH oqibatida ikki nafar politsiya xodimi va O‘zbekiston fuqarosi F.A. vafot etdi. Jarohat olgan 5 nafar hamyurtimizga birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng kasalxonaga yotishga zarurat yo‘qligi ma'lum qilindi.

Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-727-291-11-78 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Ko‘proq yangiliklar: