Universiada-2019. Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida ham finalga chiqdi

Sport 22:19 / 12.07.2019 2959

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlari davom etmoqda. Tennischilarimiz bugun ham zafarli yurishlarini davom ettirishmoqda.

Bugun erkaklar o‘rtasida yakkalik bahslarida final yo‘llanmasi uchun kortga tushgan Humoyun Sultonov fransiyalik Lukas Poullainni 6/0, 6/3 hisobida mag‘lub etdi.

Dastlabki o‘yinlarda Shri Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini yirik hisobda mag‘lub etgan yurtdoshimiz chorak finalda amerikalik Keyegan James Smitdan 6/1, 6/2 hisobidan ustun kelgan edi.

O‘zbekistonning 5-raqamli raketkasi bo‘lgan yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov jahon reytingida 380-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev tandemi yarim finalda xitoyliklarni mag‘lub etib, universiadaning so‘nggi bosqichiga chiqishgan edi. Birozdan so‘ng vakillarimiz final o‘yinida koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushishadi.

Yigitlarimizga hal qiluvchi bahsda omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: