Turkiya Rossiyadan S-400 majmualarining birinchi partiyasini oldi (video)

Jahon 20:16 / 12.07.2019 19754

Turkiya mudofaa vazirligi Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarining yetkazilishi boshlanganini ma'lum qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, S-400 qismlaridan iborat ilk yuk Anqaradagi “Myurted” aviabazasiga yetkazilgan. 

EPA-EFE / Turkiya Mudofaa vazirligi
EPA-EFE / Turkiya Mudofaa vazirligi

Turkiya mudofaa vazirligining rasmiy fotosuratlarida S-400 majmualari tarkibiga kiruvchi bir nechta shatakchi va transport-quvvatlash mashinasi tasvirlangan. 

Turkiyaga S-400’ning 4 ta divizionini yetkazishga shartnoma 2017 yil dekabrda imzolangandi.

EPA-EFE / Turkiya Mudofaa vazirligi

Bu Vashingtonning noroziligiga sabab bo‘lgan va u Anqaraga majmualarni sotib olganlik uchun sanksiyalar joriy qilish bilan tahdid qilgan. 

EPA-EFE / Turkiya Mudofaa vazirligi

Biroq Osakada o‘tgan G20 sammitidan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp Anqaraga sanksiyalar kiritmaslikka va'da berganini ma'lum qilgan.

Avvalroq Turkiya S-400 majmualarini Suriya bilan chegarada joylashtirishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: