AQShda giyohvand modda olib ketayotgan suv osti kemasi ushlanishi videosi e'lon qilindi
Bortida 7 tonna giyohvand modda olib ketayotgan suv osti kemasining ushlanishi videosi e'lon qilindi. ABC 7 telekanalining xabar berishicha, voqea 18 iyunda Tinch okeani xalqaro suvlarida yuz bergan.
AQSh sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari kemani ta'qib qilib, u suv sirtida ko‘rinishi bilan unga sakrab chiqib olishgan va asosiy lyukiga ura boshlashgan. Birozdan keyin lyuk ochilgan va unda qo‘llarini ko‘targan erkak ko‘ringan. Erkak qaysi davlatdan ekanligi ma'lum qilinmagan.
Ta'kidlanishicha, ko‘rsatilgan lavhalar katta operatsiyaning bir qismigina bo‘lib, sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati uning davomida 14 ta turli kemadan 17 tonnadan ko‘proq kokain va 423 kg marixuana musodara qilgan. Qo‘lga kiritilgan giyohvand moddalarning umumiy qiymati 570 mln dollarga baholangan.
Mavzuga oid

16:14 / 16.02.2025
Farg‘onada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

14:21 / 02.02.2025
Samarqand va Toshkent viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvand moddalar tarqatilishining oldi olindi

18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi

16:51 / 02.10.2024