Monako 5-avloddagi 5G tarmog‘i bilan to‘liq qoplangan dunyodagi ilk davlat bo‘ldi. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Monaco Telecom mobil operatori 23 ta 5G antennasini o‘rnatgan, ular knyazlikning butun 2,6 kvadrat kilometrlik hududini qoplaydi. Bu Monako hududida o‘rnatilgan 4G antennalari sonidan deyarli 2 marta kamroqdir.
Shuningdek, yaqin orada ehtiyojni qondirish va tarmoqni rivojlantirish uchun yangi antennalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Yangi avloddagi tarmoq bilan qoplashni ta'minlash uchun Huawei kompaniyasi qurilmalari qo‘llangan.