Rossiyadagi birinchi raqamli muzqaymoq: «Korovka iz Korenovki»ni endi O‘zbekistonda ham tatib ko‘rishingiz mumkin!

Jamiyat 09:00 / 10.07.2019 11506

Pardek yengil va tabiiy «Korovka iz Korenovki» muzqaymog‘ini tatib ko‘rishga ulgurdingizmi?

Jazirama yoz – yangidan-yangi muzqaymoq turlarini tatib ko‘rish uchun qulay fursat.

Rossiyada ishlab chiqarilgan «Korovka iz Korenovki» tabiiy sut mahsuloti o‘zining foydali tarkibi va noodatiy mazasi bilan xaridorlarning ishonchi va mehriga sazovor bo‘lishga ulgurgan. Ajoyib yangilikni qarshi oling! Endilikda ushbu brend muzqaymoqlarini O‘zbekistondagi do‘konlarda ham topish mumkin.

«Korovka iz Korenovki» vafli rojoklari, briket va stakanchalar shaklidagi foydali muzqaymoqlarning keng turdagi assortimentini taklif etadi.

Tayoqchadagi shokolad-qaymoqli plombir yoki betakror ta'mli mevali jyem solingan rojoklarni ta'bingizga qarab tanlab olishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchi tomonidan 10 xil turli uyg‘unlik va ta'mlar taqdim etilgan.

Muzqaymoq tayyorlanadigan fabrika o‘zining boy tabiati hamda musaffo ob-havosi bilan mashhur Krasnodar o‘lkasida joylashgan.

Keng o‘tloqlarda sayr qilib yuruvchi sigirlar faqatgina sara yem-hashak va barra o‘tlar bilan oziqlanadi. Shu sababli ham «Korovka iz Korenovki» mahsulotlari ana shunday sifat va ta'mga ega.

Muzqaymoq davlat standartlari asosida ishlab chiqariladi va tarkibida bo‘yoqlar, xushbo‘ylantiruvchi moddalar, palma yog‘i va boshqa sut yog‘i muqobillariga ega emas. Mazali plombir faqat va faqat yangi qaymoq hamda quyultirilgan sutdan qilingan.

«Korovka iz Korenovki» tabiiy brendi 2014 yildan buyon sutli muzqaymoqlarni tayyorlab keladi. 2018 yilda brend Rossiya muzqaymoq bozorida haqli ravishda yetakchilik maqomini qo‘lga kiritdi.

Sifatli mahsulotni tanlang va mo‘jizakor ta'mdan bahra oling!

Matnda Rossiya muzqaymoq bozorini tadqiq qilgan Nielsen kompaniyasi xulosalari keltirilgan.

Facebook: fb.com/KorovkaIzKorenovkiUzbekistan/

Instagram: @korovka_iz_korenovki_uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: