LADA Vesta SW – dunyo yuzini ko‘rgan kunidan boshlab xaridorlar orasida yuqori darajadagi mashhurlik va talabgirlikka erishdi. Yorqin, ko‘zga tashlanuvchi va ommabop avtomobil ham shahar ichi, ham uning tashqarisidagi safarlarda yuqori darajada qulaylikni ta'minlashga moslashgan.
Vesta SW egalarini salondagi alohida shinamlik lol qoldirishi aniq. Avtomobil hatto uzoq masofalarga ham qulay harakatlanishga mo‘ljallangan. Shu sababli ham orqa o‘rindiqlardagi joy sezilarli darajada kengaytirilgan.
Bazaviy komplektatsiyasidayoq avtomobil akustik tizim va kruiz-nazoratni boshqarishga imkon beruvchi tugmalar bilan jihozlangan multifunksional rul bilan birga taqdim etiladi.
Yorqin uskunalar paneli to‘q sariq rangdagi yoritkich bilan hatto eng yorug‘ kunduzgi nurlar ta'sirida ham ko‘rsatkichlarni ajratib olishga imkon beradi. Iqlim nazorati tizimi berilgan haroratni ushlab qolish va ichkaridagi havoni yilning istalgan mavsumida bir zaylda bo‘lishiga sharoit yaratadi.
Yo‘lovchilarning qulayligini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqaruvchi tomonidan orqa o‘rindiqlar va old oynaning isitilishini ham o‘ylab qo‘yilgan. Buning ustiga, orqa o‘rindiqlar orasida stakan va butilkalarni qo‘yish uchun chuqurchali qulay joy bor. Haydovchi o‘rindig‘i esa balandlik va bel sohasini nazorat qilishga imkon beruvchi qo‘shimcha sozlamalarga ega.
Vesta SWning bazaviy komplektatsiyasidayoq ABS tizimi, orqa diskli to‘xtatish tizimi, xavfsizlik yostiqchalariga egaligi, ayniqsa, xavfsizlik yuqori darajada ta'minlangani quvonarlidir.
Vesta SWning korpusi mustahkam temirdan qilingan. Avtomobil boshqaruvi juda oson va qulay. O‘rnatilgan datchiklar va orqa yo‘lni ko‘rsatuvchi kamera esa hatto eng tor hududdagi avtoturargohda ham yengil va tez joylashib olishga yordam beradi.
O‘zbekistonda LADA Vesta SWni qayerda xarid qilish mumkin?
LADAning O‘zbekistondagi rasmiy importchisi «ROODELL» kompaniyasi LADA Vesta SWni yurtimiz hududlaridagi rasmiy dilerlardan hamyonbop narxda xarid qilishni taklif etadi.
Luxe/Prestige talqini 122 ot kuchiga ega 1,8 litr sig‘imli benzin dvigatel, 5 bosqichli mexanik transmissiya (MT)ga ega. Aksiya doirasida uni 130 900 000 so‘mga xarid qilish mumkin. Bunda boshlang‘ich to‘lovdan 4 600 000 so‘m foyda olasiz.
Luxe/Multimedia talqini 122 ot kuchiga ega 1,8 litr sig‘imli benzin dvigatel, 5 bosqichli MTga ega. Aksiya doirasida uni 133 900 000 so‘mga xarid qilish mumkin. Bunda boshlang‘ich to‘lovdan 4 000 000 so‘m foyda olasiz.
O‘zingizga yaqin dilerni kompaniya rasmiy saytidagi maxsus sahifada yoki +99871 215-02-30 raqamlari orqali aniqlashingiz mumkin.
Sayt: www.lada.uz
Reklama huquqi asosida