Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 13:02 / 09.07.2019 12242

Joriy yilning 8 iyul kuni soat 14.05larda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashagan, 1994 yilda tug‘ilgan Sh.Q. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Yettitom-Qarshi” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Annaro‘z qishlog‘ida yashovchi, 34 yoshli Sh.L. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi Sh.Q. jarohat olib voqea joyida va Sh.L. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi 48 yoshli M.B. kasalxonada vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi Sh.L. va uning yana bir yo‘lovchisi - 25 yoshli O.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: