Beyl Xitoy klubidan fantastik taklif oldi

Foto: Getty Images
«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl xizmatiga Xitoy klublari qiziqish bildirmoqda.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, nomi oshkor qilinmagan klub uelslik futbolchiga haftasiga 1,3 million yevro (yoki yiliga 68 million yevro) taklif qilgan.
Bunda xitoyliklar Beylni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni xohlagan. Ammo «Real» futbolchini bepul qo‘yib yuborishni istamagan va transfer amalga oshmay qolgan.
Beyl «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalaridan o‘rin olmagan. Klub uni sotishga yoki ijaraga berib yuborishga urinmoqda. Ammo futbolchi Madridni tark etishni istamayapti.
O‘tgan mavsumda Beyl Primera doirasida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.
Mavzuga oid

20:48 / 09.01.2023
Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

22:30 / 19.09.2020
Beyl va Regilon «Tottenhem»ga o‘tdi

11:50 / 26.11.2019
Mourino YeChLga qaytmoqda, Zidan «PSJ»dan qasos olmoqchi. Kun o‘yinlari anonsi

12:59 / 02.09.2019