Toshkent shahrida 2019-2020 yilgi kuzgi-qishki mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotganligi tufayli Nukus ko‘chasining qator qismlarida qatnov cheklanadi.
Harakatlanish qisman cheklanadigan ko‘cha qismlari:
8 iyuldan 30 iyulgacha
Nukus va Avliyo ota ko‘chasi kesishmasidan to Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
1 avgustdan 20 avgustgacha
Nukus va Kichik Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasidan Avliyo ota ko‘chasi kesishmasigacha.
Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.