Maktabgacha ta'lim vazirligi: «Yashnobod tumanida mahsulotlarni mulozimlar buyrug‘i bilan xarid qilish holati aniqlanmadi»

Jamiyat 08:12 / 08.07.2019 7048

2019 yil iyul oyida internet tarmog‘ida audioxabar tarqaldi. Unda Yashnobod tumani hokim o‘rinbosari tomonidan Yashnobod tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiriga barcha mudirlarni tong saharlab aytilgan joyga olib chiqish hamda nazorat qiluvchi idoralar uchun ma'lumotlarni soxtalashtirish maqsadida qo‘shimcha yangi mahsulotlar xarid qilish topshirig‘i berilgan.

Toshkent shahar hokimligi o‘z xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangani haqida xabar berdi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi ham vaziyatni o‘rganib chiqdi. MTV auditorlari hamrohligidagi ishchi guruhi Yashnobod tumani MTTlarni aylanib chiqqan va rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazgan. Belgilangan qoidalarga muvofiq, mahsulotlar xaridi hisob varag‘i saqlangan holda va faqat tuman MTB markaziy buxgalteriyasi orqali shaffof amalga oshirilishi kerak. Tekshiruv chog‘ida xarid qoidalarining buzilishi hamda mahsulotlarni o‘z hisobidan yoxud mulozimlar buyrug‘i bilan xarid qilish holati aniqlanmagan, deyiladi vazirlik xabarida

O‘rganishlar shuni ko‘rsatganki, may oyida ro‘y bergan ushbu holatda ham soxtalashtirilgan xarid amalga oshirilmagan. MTV ishchi guruhi olib borilgan harakatlar natijasida shunday xulosaga keldiki, MTT mudiri o‘zining tutishi – qat'iy subordinatsiya odati natijasidir. Bu uning tuman hokimi o‘rinbosari so‘zlariga o‘ylanmay itoatkorlikda javob qaytarganligida ko‘rinadi. Biroq bu u tomonidan bu ko‘rsatmalarining bajarilganini anglatmaydi, deyiladi xabarda.

Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi MTTlarda oziq-ovqatlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida quyidagi choralarni ishlab chiqdi:

1. Ichki foydalanish uchun Telegram-kanal tashkil etilib, uning vositasida Toshkent shahar MTBBda mahsulotlar sifati va taomlar tayyorlanishini nazorat qiladi. Toshkentning barcha MTT har kuni ushbu kanalga foto va video materiallar yuboradi.

2. Ota-onalar bilan MTTda taomlar sifatiga doir so‘rovlar va doimiy uchrashuvlar amaliyoti joriy qilinmoqda.

MTV shahar va tuman hokimiyat idoralari – hokimliklar bilan poytaxt va viloyatlarda MTTlar ahvolini yaxshilash sohasida qalin hamkorlik qilmoqda va kelgusida hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilgani aytiladi.

“OAVda e'lon qilingan audioyozuv va boshqa turdagi axborot xurujlari ikki tuzilma o‘rtasidagi kelishmovchilikka sabab bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘zlarining funksional majburiyatlarini buzgan va bolalar salomatligini xavf ostiga qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qat'iy choralar qo‘llashda davom etadi. Hokimiyatlar va hududiy bo‘linmalarning uyg‘un hamkorligi natijasidagina joylardagi islohotlar o‘z samarasini beradi”, - deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: