Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga 4 iyul kuni Yunusoboddagi daraxtlar noqonuniy kesilayotganligi haqida tezkor xabar yetib keldi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, xabar bu kabi vaziyatlar uchun maxsus yaratilgan @EcoControl_bot telegram boti orqali yetkazilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/wB0O1WZ5FyoQg0Vkx_AuonzkWZOJm7OB.jpg)
Tezkor surishtirish ishlari natijasida haqiqatdan ham Yunusobod tumani, 4-mavze, "Billur" mahallasida diametri 51sm dan 78 sm gacha bo‘lgan 11 ta daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Daraxtlar kesilishi "METIN KOMMUNAL SeRVIS" MChJ tomonidan amalga oshirilgan. Tabiatga keltirilgan zarar jami 163,663,929 so‘m deb baholandi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/X1DW4JYrSN3pkFoy4_6RsnzE73t-Pl1L.jpg)
Ushbu holat bo‘yicha tuman Ekologiya inspeksiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
“Siz daraxtlarning noqonuniy kesilish jarayoniga guvoh bo‘lsangiz, @EcoControl_bot telegram botiga xabar qiling”, - deyiladi xabarda.