Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydonida gullar bayrami bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, gullar bayramida 130 ga yaqin korxona-tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlar va hunarmandlar tomonidan 8 gektar maydonda turli xildagi, O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan, dunyoning barcha mintaqalarida yetishtiriladigan, bir-biriga o‘xshamagan, bejirim va betakror 1 millionga yaqin gullardan 120dan ortiq antiqa dekoratsiya va elementlar tayyorlandi.
Faqat bu emas. Bayram doirasida turli madaniy tadbirlar va ko‘ngilochar dasturlar tashrif buyuruvchilar kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.