4 iyuldan Sergeli tumani aholisiga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlanadi

Jamiyat 18:26 / 03.07.2019 5653

Prezidentning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shunga ko‘ra, 2019 yil, 4 iyuldan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtning Sergeli tumanida ham elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari boshlanadi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ shuni inobatga olib, elektr hisoblagichni almashtirish jarayonida xonadonda voyaga yetgan shaxsning ishtirokini ta'minlashni hamda imkon qadar oldindan mavjud hisoblagich ko‘rsatkichini fotosuratga olib qo‘yishni so‘ragan.

Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa va Mirobod tumanlari aholiga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, har bir iste'molchiga o‘rnatilayotgan zamonaviy hisoblagich uchun jamiyat mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 770 000 so‘m sarflanmoqda va bu har bir iste'molchining shuncha mablag‘ iqtisod qilayotganini ko‘rsatadi. 

Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan.
 
Shunga ko‘ra, iste'molchilardan hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilmaslik, balki yordam berish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: