Xalqaro kinofestivalda Gran pri yutgan «Choy» filmi bugun bepul namoyish etiladi 

Jamiyat 14:26 / 01.07.2019 7416

Bugun, 1 iyul kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinoteatrda rejissyor Shokir Xoliqovning «Choy» nomli qisqa metrajli filmi taqdimot marosimi o‘tkaziladi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur film namoyishi ko‘pchilik kino muxlislarining talab va takliflariga ko‘ra, 30 iyun – «Yoshlar kuni» munosabati bilan bepul o‘tkazilmoqda.

«Choy» qisqa metrajli filmi tanqidchilar, o‘zbek va jahon kino muxlislari diqqatini o‘ziga jalb qildi. Xususan, film 14-25 may kunlari Fransiyaning Kann shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalning «International Festival Entr'2 marches» qisqa metrajli filmlar festivalida Gran priga sazovor bo‘ldi. 

Bundan avval, 2018 yilda ilk bor «PROlogue» kinofestivalida namoyish etilgan film festivalning «Eng yaxshi filmi» deb ham topilgandi.

Bugun kinosaroyda shuningdek, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan rejissyor Sevara Halimovaning «Kulcha» nomli qisqa metrajli filmi hamda «Zumrasha» bolalar yumoristik jurnalining taqdimoti ham o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: