Miya – inson organizmi faoliyatini nazorat qiluvchi o‘ta muhim a'zo hisoblanadi. Unda paydo bo‘lgan har qanday patalogik jarayon – hatto xavfsiz o‘smalar ham bemor hayotiga, salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Bosh miya o‘smalarini davolash, ayniqsa operativ usul juda murakkab jarayon, ko‘p hollarda o‘smaga yetib borish uchun sog‘lom to‘qimalarga ham zarar yetadi va bu o‘z navbatida qator a'zolar faoliyatiga ta'sir o‘tkazmay qolmaydi.
ACIBADEM klinikasida bosh miya o‘smalariga qarshi o‘ziga xos davo uslublari tanlangan bo‘lib, ularni qo‘llash orqali sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazilmagan holda patalogiyaga uchragan hujayralar yo‘q qilinadi.
ACIBADEM klinikasi professori, Gamma Knife bo‘limi mudiri Koray Ozduman bosh miya saratonining turli shakllarini davolash borasida ulkan tajribaga ega.
![](https://storage.kun.uz/source/4/_-Z3Q7XhA3vDQDnxgQiGUVm_XAXuA3RC.jpg)
AQSh, Yaponiya kabi davlatlardagi ko‘p yillik faoliyati natijasida bunday murakkab xastalikka chalingan ko‘plab bemorlarni davolashni yaxshi o‘zlashtirgan shifokor hozirgi kunda Turkiyada o‘z ishini davom ettirmoqda. Mutaxassis mavzuga oid eng muhim savollarga javob beradi.
Bosh miyada qanday turdagi o‘smalar eng ko‘p uchraydi?
Biz aniqlayotgan o‘smalarning uchdan ikki qismi xavfsiz bo‘lib, xavfli o‘smalardan farqli ravishda sekin o‘sadi va yon-atrofdagi to‘qimalarga jiddiy zarar yetkazmaydi. Bosh miya saratoniga kelsak, bu o‘sma turi diagnostika va davolash nuqtai nazaridan juda murakkab kasalliklar toifasiga kiradi.
Bosh miya o‘smalarining paydo bo‘lish sabablari nimada?
Bu borada qator nazariyalar bor. Bugungi kunda fanga faqat bir sabab ma'lum – radioaktiv nurlanish. Ko‘p hollarda bosh miya o‘smalariga uran konlariga yaqin hududlarda yashovchilar va shunday konlarda ishlovchilar, Chernobyl singari hududlarda ma'lum muddat bo‘lganlar chalinishadi. Ammo bu sabablardan biri xolos. Atrof muhitning ifloslanishi kabi yana qator omillar ham ko‘rsatiladi, biroq ular uzil-kesil isbotini topmagan.
Bosh miya o‘smalari paydo bo‘lish xavfini genetik jihatdan aniqlash imkoniyatini beradigan sinamalar mavjudmi?
Bugungi kunda bunday kasalliklar paydo bo‘lishini aniq ko‘rsatib beradigan sinamalar mavjud emas. To‘g‘ri, ayrim genetik tahlillarga ko‘ra qaysidir inson bunday kasalliklarga chalinishi ehtimoli yuqori ekanligini taxmin qilish mumkin. Biroq bu bir taxminligicha qoladi, kasallikka chalinish aniq fakt ekanligini bildirmaydi.
Boshqa onkologik kasalliklar, masalan sut bezi raki, o‘pka, yo‘g‘on ichak raki kabi kasalliklar bilan solishtirilganda bosh miya o‘smalari nisbatan kam uchraydi.
Bosh miya o‘smalarining asosiy simptomlari qanaqa?
Simptomlar uch guruhga bo‘linadi. Birinchisi bosh miya ichki bosimi oshishi bilan bog‘liq. Bosh suyagi har taraflama yopiq, har qanday yangi o‘sma miyaga umumiy bosim beradi va bu holat kuchli og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘rish buzilishi kabi belgilarni yuzaga keltiradi.
Ikkinchi guruh – cheklangan o‘smalar. Ular miyaning organizm funksiyalarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limlariga bosim qiladi va faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Masalan, bosh miya o‘smasi harakatlanish buzilishiga olib kelishi mumkin.
Uchinchisi – epilepsiya. Bosh miya po‘stloq qismida rivojlangan o‘smalar salbiy ta'siri natijasida epileptik xurujlar paydo bo‘lishi mumkin.
Migren va bosh miya o‘smalari bir biriga bog‘liqmi?
Qaysidir jihatdan bog‘liq. Migren bosh miya qon tomirlari faoliyatining buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Lekin bunday og‘riqli hissiyotlarni o‘smalar va anevrizmalar ham keltirib chiqarishi mumkin. Sabablarni aniqlash va diagnoz qo‘yish uchun MRT tekshiruvlaridan o‘tish lozim.
Bosh miya o‘smalarini davolashning zamonaviy usullari haqida ma'lumot bersangiz.
Birinchi navbatda shifokor bemorning shikoyatlarini tinglashi va vaziyatga baho berishi lozim. Shundan so‘ng nevrologik tekshiruvlar, magnit rezonans tadqiqot kabi usullar bilan o‘smaning turi, joylashgan joyi, o‘sish tezligi kabi xususiyatlarini aniqlash mumkin. Shunga ko‘ra qaror qabul qilinib, kelgusi davolash rejasi ishlab chiqiladi.
Davolashning qanday ilg‘or usullari mavjud?
Yuqoridagi aytganimdek, bunday kasalliklar diagnostikasida magnit-rezonans tadqiqotlar o‘tkaziladi va ular juda murakkab diagnostik dasturlarga ega. Operatsiyalar jarayonida ham UTT, MRT, endoskopiya singari uslublardan foydalanishda davom etamiz va ular yordamida o‘smaning aniq vizualizatsiyasi hamda neyronavigatsiyasi aniqlanadi. Bu esa o‘z navbatida jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Turli texnologiyalar bilan nur terapiyasi ham o‘tkazamiz. Birinchisi – bu Gamma Knife yuqori aniqlikni ta'minlaydi. U o‘smaning qator turlarida juda samarali, ammo miya to‘qimalariga tarqalib ketgan vaziyatlarda qo‘llanmaydi. Bunday holatlarda Truebeam yoki fraksion nur terapiyasi uslubidan foydalaniladi. Unda o‘sma turi va hajmiga ko‘ra ma'lum muddatda beriluvchi nur dozalari belgilanadi. Aytish joizki, bu texnologiyalarning barchasi takomillashtirib borilmoqda.
Bu kasallikda davolanish samarasi qay darajada yuqori?
Hammasi o‘smaning turiga bog‘liq. Xavfsiz o‘smalarda operatsiyadan so‘ng to‘liq sog‘ayib ketish mumkin. Lekin xavfsiz o‘smalar operatsiya qilib olish mumkin bo‘lmagan joylarda joylashgan bo‘lsa, Gamma Knife yordamga keladi. O‘sma natijasida miya to‘qimalari chuqur zararlangan bo‘lsa, bu ancha murakkab davolanish jarayonini talab qiladi va kompleks usullar – operatsiya, nur terapiyasi va kimyo terapiyalari kabilar qo‘llaniladi.
Kasallik qaytalanishi ehtimoli qay darajada?
Bunday ehtimol mavjud. Shuning uchun bemorlarga muntazam ravishda shifokor ko‘rigida bo‘lish va MRT tekshiruvidan o‘tib turish tavsiya qilinadi.
Bu kasallikka chalinmaslik yo‘llari bormi?
Soha shifokorlari bir xulosaga kelganlar – o‘smaga chalingan bemorlarning omadlari kelmagan va shunday sinovga duchor bo‘lganlar. Kasallikning oldini olish uchun sog‘likni nazorat qilib borish, shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turish zarur. Kasallik erta aniqlanib, davolanish dastlabki bosqichlardayoq boshlangan ko‘plab bemorlar butunlay sog‘ayib ketadilar.
Turkiyadagi Acıbadem klinikalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acıbadem klinikalarining Toshkentdagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19 uy.
Telefon: (+99895) 144 54 45
Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru
Reklama huquqi asosida