«Bektemir tumani hokimligining «burnidagi qashqasi» tuman ko‘rkiga aylanadi

Jamiyat 11:15 / 01.07.2019 9060

Toshkent shahri Bektemir tumani hokimligi Kun.uz saytida e'lon qilingan «Bektemir tuman hokimligining «burnidagi qashqasi» qachon bitadi?» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi. 

«Kun.uz saytida fuqaro Vositjon Dilshodovning murojaati bo‘yicha «Bektemir tuman hokimligining «burnidagi qashqasi» qachon bitadi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Maqolada bundan qariyb bir oy muqaddam tumandagi Oltintopgan va Husayn Boyqaro ko‘chalarining Bektemir shoh ko‘chasida kesishadigan qismidagi katta chorrahaning avtomobil yo‘l qismi ikki tomondan kavlanib, yer ostidan quvur o‘tkazilgani, yo‘lning asfalti buzilib, kavlangan joylari, shunchaki, tosh-qum bilan to‘ldirib qo‘yilgani, buning natijasida, chuqur va toshloqlik hosil bo‘lgani, shuningdek, bu chorrahada doimiy tirbandlik yuzaga kelayotgani haqida bayon etilgan.

Ochig‘i, tuman hokimligiga «Xusayn Boyqaro», «Oltintopgan» va «Bektemir» mahallalari fuqarolaridan Bektemir shoh ko‘chasidagi tirbandlik yuzasidan bir nechta arizalar kelib tushgan. Fuqarolar fikrini inobatga olgan holda, tegishli tashkilotlarga murojaat etilganiga qaramay, ushbu noqulayliklarni tezroq bartaraf etish, aholiga munosib shart-sharoit yaratish maqsadida tuman hokimligi hashar orqali yo‘l qurilishi bilan bog‘liq amaliy ishlarni boshlab yubordi.

Boshlangan bu ishlar joriy yilning 29 iyun kuni yakuniga yetkazilib, aholi, xususan haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirayotgan muammolar to‘liq bartaraf etildi», deyiladi Bektemir tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: