Android uchun ilovalar: Iyun oyining eng yaxshilari

Fan-texnika 16:50 / 30.06.2019 19023

Google Play'ning tugallanayotgan oydagi eng qiziqarli va foydali yangiliklarini keltirib o‘tamiz.

MIUI-ify

Xiaomi'dan o‘ta qulay MIUI yordamchisi — uning bildirishnomalar oynasi va tezkor sozlamalari o‘ziga xos. MIUI-ify dasturi xuddi shunday ekran yordamchisini odatiy Android'ga o‘rnatish imkonini beradi. Odatda u ekranning pastki qismidan boshqariladi, lekin o‘zgartirib olish sozlamalar orqali juda oson. Bundan tashqari, siz darpardada qaysi belgilar joylashishini va ularning ko‘rinishi qanday bo‘lishini belgilay olasiz.

MIUI-ify dasturini yuklash →

Appy Weather

Avval boshida ishlashdan to‘xtagan Windows Phone uchun yaratilgan Appy Weather ob-havo dasturi endi Android uchun moslashtirildi. U juda jozibador ko‘rinishga ega, musaffo va sodda interfeysi bilan o‘ziga jalb qiladi va ob-havoga oid juda aniq ma'lumotlarni taqdim etadi. Ilovada qoraytirilgan rejim mavjud va bildirishnomalarga ega.  Shunchaki havo haroratini bilmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini chalg‘itmaslik uchun shamol tezligi, bulut qalinligi kabi ko‘plab ma'lumotlar maxsus informativ ekran orqali ko‘zdan nari qilingan.

Appy Weather dasturini yuklash →

Pocket Mode

Har safar cho‘ntakka solishdan avval qulflash joningizga tegmadimi? Albatta, bu bittagina tugmani bosish orqali amalga oshadi, lekin baribir: agar bundan qutulishning imkoni bo‘lsa, nega sinab ko‘rmaslik kerak? Pocket Mode dasturi smartfonga yaqinlikni aniqlovchi datchiklarga ega — telefonni cho‘ntakka solinganini sezsa, tasodifiy bosilib ketishlarning oldini olib, ekranni avtomatik tarzda qulflaydi.

Pocket Mode dasturini yuklash → 

Zoomerang

Oson boshqariluvchi dastur (unda faqat bitta tugma bor!) qisqa videoroliklar yozib oladi, keyin ularga musiqa, filtr va effektlar qo‘shadi. Tayyor rolikni Facebook yoki Instagram tarmog‘iga yuklash juda tez amalga oshadi.

Zoomerang dasturini yuklash →

PickU

Android uchun rasmlarni tahrirlovchi sodda va qulay dastur. Uning yordamida rasmdagi odamlar va obektlarni oson qirqib olish, so‘ng kerakli fonga joylashtirish mumkin. Ilova 10 000dan ortiq bepul fon, stiker, shrift va boshqa elementlarni taqdim etadi. U orqali suratingizni haqiqiy san'at darajasiga ko‘tarishingiz mumkin.

PickU dasturini yuklash →

Marusya

Ko‘plab kompaniyalar o‘zlarining sun'iy intellektli ovozli yordamchilariga ega: Siri (Apple), Assistant (Google), Alexa (Amazon), «Alisa» («Yandeks»). Mail.ru ham an'anani davom ettirdi va shaxsiy virtual assistentini taqdim etdi — «Marusya». Dastur musiqani yoqa olish xususiyatiga ega, chiptalar haqida ma'lumot berishi mumkin, ob-havodan xabardor qiladi, ertak aytadi (rus tilida), viktorinalarda qatnashadi va tarmoqdan kerakli axborotni izlab berishi mumkin.

Marusya dasturini yuklash →

Ko‘proq yangiliklar: